Tojikiston Afg‘oniston tomonidan hujum sodir etilganini ma’lum qildi

Olam

image

Kecha, 7 may kuni “Tolibon” harakati va ISHID a’zolari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 11: 45 da Afg‘onistonning Taxor viloyatining Xo‘jag‘or tumanida sodir bo‘lgan. Qurolli to‘qnashuv bir yarim soat davom etgan. 

“Tolibon” jangarilari jami 7 ta raketa uchirgan, shundan 4 ta snaryad Pyanj daryosiga tushgan, yana 3 tasi G‘alaba o‘rmoniga kelib tushgan”, deyiladi manbada.

Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ob’ektlar Tojikiston davlat chegarasi yaqinida joylashgan bo‘lib, snaryadlar tasodifan mamlakat hududiga kelib tushgan.

Jarohatlanganlar yo‘q, moddiy zarar qayd etilmagan. 

“Hozirda “Tolibon” harakatining tegishli tuzilmalari Taxor viloyatining Xo‘jag‘or tumanida terrorchi guruhlarni aniqlash va zararsizlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari bo‘linmalari to‘liq jangovar shay holatga keltirilgani haqida xabar bergan.

Tojikiston-Afg‘oniston davlat chegarasidagi vaziyat barqaror va tojik chegarachilari nazoratida ekani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1499

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing