Tojik-qirg‘iz chegarasida vaziyat yana keskinlashdi
Olam
−
04 iyun 2021
14247Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida vaziyat keskinlashdi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Tojikiston Respublikasi harbiy xizmatchilari delimitatsiya va demarkatsiya jarayoni tugaguniga qadar qirg‘iz-tojik davlat chegarasining ta’riflanmagan uchastkalarida har qanday ishlarni olib borishni taqiqlash to‘g‘risida ilgari erishilgan kelishuvlarga qaramay, kelishuvlarni buzgan.
Xabarga ko‘ra, ular bugun, 4 iyun kuni soat 03:00 da Qirg‘iziston Respublikasi hududiga 1000 metr chuqurlikdan kirib, O‘sh viloyati Chon-Olay tumani “Unju-Bulak” davlat chegarasining ta’riflanmagan qismida konteyner o‘rnatgan.
“Tojik tomoni ilgari erishilgan kelishuvlarni buzgan holda vaziyatni keskinlashtirdi va qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi vaziyatni yanada og‘irlashtirdi, bu yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining rahbari general-leytenant Qamchibek Toshiyev qirg‘iz-tojik davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasining rahbari sifatida Vazirlar Mahkamasining chegara masalalari bo‘yicha maxsus vakili Nazirbek Borubayev va Yer resurslari davlat agentligi direktori Abdulat Mirzayev mavjud vaziyatni hal qilish uchun ko‘rsatilgan hududga ktib borgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Ko‘k-Tosh qishlog‘i yaqinidagi “Golovnoy” suv olish joyidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida ikki mamlakat mahalliy aholisi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 29 aprelda Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylandi. Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken va Laylak tumanlarida otishmalar 30 aprel va 1 may kunlari davom etdi.
1 may kuni tomonlar sulhni to‘liq to‘xtatish va chegaradan kuchlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi shu kuni tojikistonlik harbiylar Qirg‘iziston hududidan chiqib ketdi.
LiveBarchasi