Toyloq tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
05 avgust 7777 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumaniga Behzod Rahmatullayevich Rahmatullayev hokim etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun xalq deputatlari Toyloq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan. Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etgan sessiyada 2018 yildan buyon Toyloq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Qodirovich Bobonazarov o‘z arizasiga ko‘ra, vazifasidan ozod etilgan.
Uning o‘rniga esa shu kunga qadar Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Behzod Rahmatullayevich Rahmatullayev hokim etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Payariq tumaniga Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi