“Tovuq miya, hezalak”. Yangibozor hokimining fermerlarni haqoratlagan audiosi tarqaldi
3-sahifa
−
13 dekabr 2021
15101Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimi O‘ktamboy Qurbonov ekani aytilayotgan shaxsning fermerlarni haqorat qilgani yozilgan audio tarqaldi. Audioda hokimning bajarilmagan ishlarni qog‘ozda “bajarildi” deb ko‘rsatib kelgani aytilgan.
“O-o-o tovuq miya, nimaga chaqirganimda yonimga kelmading, nimaga chaqirgan edim seni? Bug‘doy qani? Bajarmasang... (haqorat qilgan – tahr.) Bajarmaganingni bajartirib, bo‘ynimga olib turibman. Hezalaklar! Men bo‘ynimga olib, 105 foiz qilinglar, dedim. Yaxshi gapni tushunmaydigan to‘ng‘iz. Nima qilish kerak ishlashlaring uchun, ayt nima kerak?”, deydi tuman hokimi ekani aytilgan haqoratlar bilan.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi respublika bo‘yicha barcha tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholab, natijalarni e’lon qilgandi. Reytingda Yangibozor tumani hokimi O‘ktam Qurbonov 2-o‘rinni olgan.
Ma’lumot uchun, O‘ktamboy Qurbonov Yangibozor tumaniga hokim bo‘lishidan avval Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yurgan.
Avvlroq, Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov va fuqaro o‘rtasidagi telefon suhbatining audioyozuvi tarqalgan edi. Suhbat davomida hokim fuqaroga qo‘ng‘iroq qilavermasligini aytib, uni haqorat qilgandi.
LiveBarchasi