“Tottenxem” APLda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Sport
−
11:16 487 1 daqiqa
Kecha, 19 oktyabr kuni Angliya Premer-ligasining 7-turida “Tottenxem” o‘z maydonida “Koventri Siti”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu “shporlar” uchun mavsumdagi ilk g‘alaba bo‘ldi.
Uchrashuvda Jeymi Meddison 14-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda, 58-daqiqada Omar Marmush “Tottenhem”ning ikkinchi golini kiritdi. Ben Devis esa 90+6-daqiqada yakuniy natijani o‘rnatdi. “Koventri Siti” safida Jek Rudoni 50-daqiqada gol urdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Tottenxem” olti ochko bilan turnir jadvalining 16-pog‘onasiga ko‘tarildi. Olti ochkoga ega “Koventri Siti” esa 17-o‘rinda qoldi. Bungacha Roberto De Dzerbi shogirdlari APL doirasidagi 6 ta uchrashuvning 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan va 3 tasida durang qayd etgandi.
“Tottenxem” keyingi uchrashuvini joriy yilning 24 oktyabr kuni safarda “Chelsi”ga qarshi o‘tkazadi. Shu kuni “Koventri Siti” o‘z maydonida “Fulhem”ni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, 7-tur uchrashuvlari yakunlaridan so‘ng, “Manchester Siti” 21 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Londonning “Arsenal” klubi 18 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 16 ochko jamg‘argan “Brayton” kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
Live
Barchasi