“Tottenxem” 50 million funtlik transferni amalga oshirmoqchi
Sport
−
30 iyun 2022
2750Braziliya terma jamoasi va “Everton” klubining hujumchisi Risharlison “Tottenxem”ga o‘tadi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Qayd etilishicha, London klubi 25 yoshli hujumchi uchun 50 million funt va bonuslar to‘laydi. “Tottenxem” va “Everton” transferning barcha tafsilotlari bo‘yicha kelishib oldi va tomonlar shartnomani yopish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning birinchi qismini imzolashdi. Shuningdek, “shporlar” hujumchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha ham to‘liq kelishuvga erishdi. Hozirda Risharlison Braziliyada "Tottenxem" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda hujumchi “Everton” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 48 million yevroga baholamoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi