“Toshshahartransxizmat” binosida yong‘in chiqdi (video)

Jamiyat

0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati (AJ) binosida yong‘in sodir bo‘layotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. QALAMPIR.UZ mazkur holat yuzasidan Transport vazirligi axborot xizmati boshlig‘i Navro‘z Ashurmatov bilan bog‘landi. 

Ashurmatovning bildirishicha, hozirda shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari yong‘inni bartaf qilish choralarini ko‘rmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa binoning AJga tegishli bo‘lmagan qismida, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan xonalardan birida yuz bergan. 

“Hozirda bino ichida bo‘lgan barcha ishchi xodimlar va fuqarolar evakuatsiya qilingan. Bino to‘liq “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli emas, ushbu yong‘in qurilish ishlari olib borilayotgan boshqa bo‘limda sodir bo‘lmoqda. Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan va ayni vaqtda uning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda”, deydi Navro‘z Ashurmatov. 

Voqea joyiga yetib borgan QALAMPIR.UZ muxbirining xabar berishicha, yong‘inni bartaraf etish uchun 4 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari va tez-tibbiy yordam jalb qilingan. Hozirda ofat deyarli qurshab olingan. Yong‘in sodir bo‘layotgan hududga O‘zbekiston Transport vaziri Ilhom Mahkamov ham yetib borgan.

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot kotibi Muslima Obidovaning ma’lum qilishicha, ushbu hodisa binoning bank ofisi uchun ijaraga berilgan qismida sodir bo‘lgan. 

“Yong‘in butun binoda emas, balki uning bir qismida sodir bo‘lgan. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bank ofisidagi payvandlash jarayonida alyukobond qoplama g‘ilofidan tutun chiqqan. Shu sababli binoning o‘ng tarafdagi qismi biroz tutagan. Ushbu hodisa 14:40 da sodir bo‘lgan, yong‘in-qutqaruv xodimlari 14:44 da yetib kelib, xavf to‘liq bartaraf etildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Toshshahartransxizmat Ilhom Mahkamov Transport vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made