Toshkentda Lexus va Captiva to‘qnashuvi oqibatida mashinalardan biri yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 7 noyabr kuni Toshkentda Captiva va Lexus mashinalari to‘qnashib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 22:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Alisher Navoiy - Zarafshon ko‘chalari kesishgan chorrahasida 1969 yilda tug‘ilgan V.P. bo‘lgan Lexus'ni boshqarib ketayotib, 2001 yilda tug‘ilgan S.I. boshqaruvidagi Captiva bilan to‘qnashgan. 

Yo‘l transport hodisasi oqibatida ikki mashina haydovchilari va yo‘lovchilari turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, to‘qnashuv oqibatida Captiva avtomobili yonib ketgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing