Toshkentning uchta tumanida “svet” o‘chiriladi

Jamiyat

image

Ertaga, 16 aprel kuni Toshkentning Bektemir, Mirobod hamda Olmazor tumanlarida "svet" o‘chiriladi. Bu haqda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.

Shu bois ertaga quyidagi hududlar elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi:

  • Bektemir tumani: "Husayn Boyqaro" MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Mirobod tumani: "Oq uy" MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Olmazor tumani: "Ahil", "Gulzor", "Moyariq", "Ibrohim ota" va "Miskin" MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ham qo‘shimcha qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing