Toshkentning uchta tumani vaqtincha gaz ta’minotisiz qoladi

Jamiyat

image

Ertaga, 11 noyabr kuni ta’mirlash ishlari sababli soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati xabar berdi

  • Mirzo Ulug‘bek tumani “Turon” ko‘chasidagi yer usti D - 76 mm o‘rta bosim gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari sababli, ertaga, 11 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Ustabayeva, “Turon”, “Jasorat”, “Sho‘rtepa” ko‘chalaridagi 425 ta xonadonda hamda ushbu manzildagi barcha ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 
  • Shuningdek, Yakkasaroy tumani, Janubiy vokzal hududidagi yer osti o‘rta bosim D-400 mmli konpensator nosoz holatga kelganligi sababli yangisiga almashtirish ishlari ortidan ertaga, 11 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Bog‘ibo‘ston”, 2 - berk S. Nasafiy, Hushtepa, Yakkasaroy, ko‘chalaridagi 208 ta yerli, U. Nosir ko‘chasidagi 30 ta ko‘p qavatli uydagi 660 ta xonadonda hamda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzillardagi 25 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
  • Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari sababli ertaga, 11 noyabr kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha Maxtumquli ko‘chasidagi 14 ta ko‘p qavatli uylardagi 1008 ta xonadonlarda hamda ushbu manzildagi barcha ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing