Toshkentning uch tumani gaz ta’minotidan uziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 oktyabr kuni Toshkent shahrining 3 ta tumanidagi ayrim mahallalar 12 soat davomida tabiiy gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 19 oktyabr, payshanba kuni soat 08:00 dan 20:00 ga qadar Toshkentning 3 ta tumanidagi ayrim mahallalar gaz ta’minotidan uziladi. Unga ko‘ra:

Uchtepa tumani

  • “Al Sog‘uniy”, “Yangiyo‘l” va “Diydor” MFYdagi 3816 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon;
  • “Katta Cho‘pon orta” MFYdagi 773 ta yerli xonadon;
  • “Foziltepa” MFYdagi 700 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon, 1483 ta yerli xonadon;
  • “Katta Qa’ni” MFYdagi 1135 ta yerli xonadon;
  • “Zarafshon” MYFdagi 48 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon, 572 ta yerli xonadon;
  • “O‘rikzor” MYFdagi 1019 ta yerli xonadon;
  • “Ko‘ksaroy” MYFdagi 1046 ta yerli xonadon;
  • “Sakkokiy” MYFdagi 580 ta yerli xonadon;
  • 23-mavzedagi 4562 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon;
  • 24-mavzedagi 3922 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon;
  • 25-mavzedagi 2382 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon;
  • 26-mavzedagi 2779 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadon;

•  Ulgurji iste’molchilar – 285 ta;
•   AGTKSH (Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari) – 5 ta.

Chilonzor tumani

  • “Xayraobod” MFYdagi 562 ta xonadon;
  • “Xonto‘pi” MFYdagi 514 ta xonadon;
  • “Sharq tongi” MFYdagi 229 ta xonadon;
  • “Katta Xirmontepa” va Yakkatut” MFYdagi 1880 ta xonadon;
  • “Xirmontepa”, “Shuhrat” va “Kichik Xirmontepa” MFYdagi 2480 ta xonadon;
  • “Mevazor”, “2-Qatortol” va “Yakkabog‘” MFYdagi 1640 ta xonadon;
  • “Zarqo‘rg‘on” va “Fidokor” MFYdagi 2260 ta xonadon;
  • “Mehrjon va “Botirma” MFYdagi 1820 ta xonadon;
  • “Navbahor va “Katta Navbahor” MFYdagi 1260 ta xonadon;
  • “Ko‘tarma” MFY 10-mavzedagi 1280 ta xonadon;
  • “Bahoriston” MFYdagi 1108 ta xonadon;
  • “Guliston” MFYdagi 1247 ta xonadon;
  • “Al-Xorazmiy” MFYdagi 509 ta xonadon;
  • “Bekto‘pi” MFYdagi 1270 ta xonadon;

 •  Ulgurji iste’molchilar – 80 ta.

Shayxontohur tumani

•  Ibn Sino dahasidagi 150 ta yerli xonadon;
•  Ulgurji iste’molchilar – 5 ta.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumani:

TXAY ko‘chasi, Iqtisod kolleji, Nazarbek va Nazarbek Birlik ulanmalari orqali tabiiy gaz iste’mol qiluvchi aholi va ulgurji iste’molchilar.

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent Shayxontohur Chilonzor Uchtepa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing