Toshkentning qaysi tumanlaridagi maktablar onlayn ta’limga o‘tishi ochiqlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablarda o‘qish onlayn tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining qaroriga ko‘ra,  Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilar  va o‘qituvchilar orasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati ortib borayotganligini inobatga olib, joriy yilning 16 mart kunidan boshlab, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod  tumanlaridagi barcha umumta’lim maktablarini bir martalik karantin muddatiga (14 kun) onlayn o‘qitishga o‘tkaziladi.

Ushbu tumanlar hududida faoliyat olib borayotgan nodavlat va xususiy ta’lim tashkilotlariga 16 martdan boshlab bir martalik karantin muddatiga (14 kun) o‘quvchilarni masofaviy shaklda o‘qitishga o‘tkazish tavsiya etiladi. 

Poytaxtdagi boshqa tumanlarda o‘qish bahorgi ta’tilga qadar karantin talablariga to‘liq rioya etilgan holda an’anaviy davom ettiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

688

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing