Toshkentning ikki tumanida issiq suvda qora zarrachalar paydo bo‘ldi
Jamiyat
−
06 yanvar 2024 13305 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida issiq suvda qora zarrachalar paydo bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘ldi. "Veolia Energy Tashkent" MCHJ bunga o‘z munosabatini bildirdi.
3-4 yanvar kunlari Toshkent shahrining ikkita tumanida yashovchi, "Toshkent issiqlik markazi" korxonasiga qarashli 1-IM qozonxonasi ishlayotgan hududlardagi issiq suv iste’molchilarining suvida qora zarrachalar va loyqalik paydo bo‘lgan.
Aniqlanishicha, bunga 3 yanvarga o‘tar kechasi 1-IM qozonxonasidagi suvni tozalash filtridan sulfatlangan ko‘mirning chiqishi sabab bo‘lgan.
Qozonxonadan sulfatlangan ko‘mir tushishi oqibatida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi iste’molchilarning issiq suvlarida qora fraksiyalar (sulfoko‘mir) paydo bo‘lgan.
"Sulfoko‘mir suvni filtrlashda ishlatiladi va iste’molchilar uchun xavf tug‘dirmaydi. 1-IM qozonxonasi xodimlari tomonidan issiqlik tarmoqlarida sulfatlangan ko‘mir oqimi bartaraf etildi", deyiladi ushbu munosabatda.
Live
Barchasi