Toshkentning ikki tumani avariya sabab elektrsiz qoldi
Jamiyat
−
12 iyul 2023
6441Bugun, 12 iyul kuni soat 12:40 atrofida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi "Ayni" podstansiyasining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Ayni” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik oqibatida Toshkent shahrining Shayxontohur va Chilonzor tumanlari hududida yashovchi iste’molchilarning bir qismi elektr ta’minotidan uzilib qolgan.
“Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtning Sergeli, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim mahallalarda kuz-qish mavsumoldi tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani sabab chiroq vaqtincha o‘chirilgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi