Toshkentning ikki tumani aholisi “otopleniya”siz qoldi
Jamiyat
−
06 Dekabr 2021 7413 1 daqiqa
Bugun, 6 dekabr kuni Toshkentning Olmazor va Shayxontohur tumanlari aholisi vaqtincha issiqlik ta’minotidan uziladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, IM-10 qozonxonasiga ulangan M-0 Du-800 magistral issiqlik tarmoqlarida avariya holati vujudga kelganligi sababli 2021 yil 6 dekabr kuni soat 10:00dan 17:00 gacha quyidagi manzillarda issiqlik ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Olmazor tumani:
Farobiy, Mirzo G‘olib, Qamarniso, Shifokorlar, G.Karimov, Xodjayeva ko‘chalari hamda TashGosMI, Shifokorlar shaharchasi, TashGU, TashPI, G-30, Olimpiya, Chimboy, Beshqo‘rgon-1,2,3,4, Muxbir, Qora qamish 2/4 mavzelarida
Shayxontoxur tumani:
Farobiy ko‘chasi hamda Jarariq, Beltepa, Ibn Sino-1,2 mavzelarida.
“Hozirda avariya tiklash ishlariga 20 kishidan iborat avariya tiklash guruhi jalb etilgan. Avariya bartaraf etish ishlari zudlik bilan amalga oshirilib, issiqlik ta’minoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr