Toshkentning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2019
6207Toshkent shahrining doimiy aholisi soni joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra 2554,9 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, poytaxt aholisi 2019 yil boshidan 45,0 ming kishiga yoki 1,8 foizga o‘sgan. 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida 37,3 ming bola tug‘ilgani qayd etilgan bo‘lib mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 19,7 promilleni tashkil etdi va 2018 yilning mos davriga nisbatan 1,7 ga (2018 yilning mos davrida 18,0 promille bo‘lgan) o‘sdi.
2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahrida 11,7 mingta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, shundan 454 nafari 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga to‘g‘ri kelmoqda. O‘lim koeffitsiyenti 6,2 promilleni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 0,2 ga kamaygan. Poytaxt aholisining tabiiy o‘sishi 25,6 ming kishini tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 4,1 ming kishiga o‘sishi kuzatildi.
LiveBarchasi