Toshkentda yana bir serqatnov ko‘cha 10 kunga yopiladi
Jamiyat
−
06 noyabr 2021
6219Ertaga, 7 noyabrdan boshlab 10 kun muddatga Toshkent shahrining serqatnov ko‘chalaridan biri yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni 7 noyabrdan 17 noyabrgacha qisman yopiladi.
“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 noyabrdan 4 kun muddatga poytaxtning Chilonzor tumanidagi M.G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklandi.
LiveBarchasi