Toshkentning ayrim ko‘chalarini suv bosdi (video)

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida katta suv o‘tkazgich tarmog‘idagi nosozlik sabab ko‘chalarni suv bosdi. Mazkur holat bo‘yicha “Toshkent shahar suv ta’minoti” munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Yunusobod tumanidagi Moyqo‘rg‘on va Qoraqamish ko‘chalari kesishmasida d1200mm katta suv o‘tkazgich tarmoqda nosozlik vujudga kelgan. Shu sababli, Tiklanish mahallasi 1, 2, 3, 4, 5, 6 tor ko‘chalari, G‘ishtqo‘rg‘on ko‘chalari, Astrabod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

“Shu bilan birga, ushbu hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv vaqtinchalik bo‘lmaydi. Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing