Toshkentning ayrim hududlarida 2 kun issiq suv o‘chiriladi
Jamiyat
−
12:50 1079 1 daqiqa
Toshkent shahrining ayrim hududlarida issiq suv ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi. Bu diametri 1200 millimetr bo‘lgan suv quvurida rejalashtirilgan profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Qayd etilishicha, IM-2 hududida issiq suv ta’minoti bugun, 3 avgust soat 09:00 dan ertaga 4 avgust soat 22:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, cheklov issiq suvni tayyorlash va uzatish jarayonida zarur bo‘lgan sovuq suv bosimining pasayishi yoki uning vaqtincha to‘xtashi sabab yuzaga keladi.
Issiq suv quyidagi hudud va ko‘chalarda vaqtincha o‘chiriladi:
Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avoyxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukura Burxonova, Razzoq Xamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li va Feruza ko‘chalari hamda Qorasuv-1, Qorasuv-2, Qorasuv-3, Qorasuv-4, Qorasuv-6, Buz-2 hamda Feruza massivlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi.
Mutasaddilar yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘rab, tushunganliklari uchun minnatdorlik bildirgan.
Live
Barchasi