Toshkentning ayrim hududlarda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat

image

“Toshissiqquvvati” DUK xabar berishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv-3 mavzesi, Mingbuloq ko‘chasiga asfalt yotqizish ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘l ostidan o‘tgan magistral issiqlik tarmoqlari ham yangilanmoqda. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Shu munosabat bilan 27 martdan 29 mart soat 19:00 ga qadar quyida keltirilgan manzillarda issiqlik energiyasi ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

  • Qorasuv-1,2,3,4 mavzelarida;
  • Do‘rmon yo‘li ko‘chasida;
  • BUZ-2 mavzesida;
  • Feruza mavzesida;
  • Feruza ko‘chasida;
  • Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida.

Ma’lum qilinishicha, ushbu manzillar issiq suv ta’minotidan uzilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing