Ertaga Toshkentning qator markaziy ko‘chalari yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 3 mart kuni Toshkentda soat 8:00 dan 11:00 gacha Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan marafon o‘tkaziladi. Marafonda 900 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etishi rejalashtirilyapti.

Marafon Oybek ko‘chasidagi "Shox Med Center"dan boshlanadi va Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov ko‘chasidan o‘tib, Alisher Navoiy nomidagi Davlat katta akademik teatrida yakunlanadi.

Shu munosabat bilan quyidagi ko‘chalarda vaqtincha avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:

Oybek ko‘chasi Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;

Afrosiyob ko‘chasi Shahrisabz ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;

Sharof Rashidov ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasigacha.

Toshkent shahar IIBB vaqtincha yuzaga keladigan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent marafon yo'l

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing