Toshkentning asosiy ko‘chalaridan biri 4 kunga yopiladi
Jamiyat
−
05 noyabr 2021 5674 1 daqiqa
Ertaga, 6 noyabr kuni soat 07:00 dan Toshkentda M.G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligining Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 6 noyabr kuni soat 07:00 dan 10 noyabr kuni soat 20:00 ga qadar Chilonzor tumanidagi M.G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.
“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Live
BarchasiAQSHda odam itni tishlab oldi
28 aprel