Toshkentning 5 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlari va qisman Yunusobod tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 25, 26, 27 mart kunlari issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan ko‘rsatilgan sanalarda quyidagi manzillarda soat 9:00 dan 18:00 gacha issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Bugun, 25 martda – Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, va Yunusobod tumanining bir qismida (ToshGRES mikrorayoni)

Mustaqillik maydoni, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yuli, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Tamaraxonim proyezdi, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, 3-Navnihol, Yassi, Kalandar, Bo‘z, Sayram 5-proyezd, Sayram 7-proyezd, Chust, Katta Sharxon, Katta Sharxon 2-proyezd, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik xalka yo‘li, Katta xalka yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Feruza, Yalang‘och mavzesi, Tashselmash, Mavlono Riyozi, 1-Bo‘z, 2-Bo‘z ko‘chalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.

Ertaga, 26 martda – Chilonzor va Uchtepa tumanlari

Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘pon ota, Bog‘ibo‘ston, Kichik xalka yo‘li, Naqqoshlik, Dombrobad, 4-y proyezd Dombrabad, Serkuyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, 1-Qatortol, 2-Qatortol, Al-Xorazmiy, 1-Al-Xorazmiy, 2-Al-Xorazmiy, Katta Xirmontepa, Sharq, Guliston ko‘chalari Chilanzor mavzesi (5–12, G9A, 16–20, 24–26, S, 20A kvartallar)

27 martda – Mirzo-Ulugbek tumani

Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, 2-, 3-, 4-, 6-, 7- Qorasuv mavzelari.

Bildirilishicha, sinovlar kelasi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.   Maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvurlarda shikastlanishlar yuz berishi, issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqib ketishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar, ma’muriy binolardan foydalanuvchilar va turar-joy binolari aholisidan ehtiyotkorlikka rioya etish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 mart kuni Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida issiq suv o‘chirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent issiq suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing