Toshkentning 4 tumani aholisi 2 kun suvsiz qoladi
Jamiyat
−
17 aprel 2023
9912Poytaxt Toshkentning Sergeli, Yangihayot, Yakkasaroy, Mirobod tumanlarida bugun 17 apreldan 19 aprel soat 9:00 gacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning ta’mirlanish jarayonida ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Quyida ichimlik suvi ta’minoti o‘chiriladigan hududlar ro‘yxati:
Sergeli tumanining “Jun”, “No‘g‘oyqo‘rg‘on”, “Qubaytepa”, “Yuqori Darxon”, “Qut Baraka”, “Sug‘diyona”, “Qumariq”, “Oltin Vodiy”, “Uchuvchilar” va “Bunyodobod” mahallalarida;
Yangihayot tumanining “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Chorbog‘”, “Yo‘ldosh”, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”, “Chortoq”, “Iqbol”, “Fayzli” va “Toshkent” mahallalarida;
Yakkasaroy tumanining “Boshliq”, “Qushbegi” mahallalarida va Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, Abdulla Qahhor ko‘chalarida.
Mirobod tumanining “Temiryo‘lchilar”, “Zaminobod”, “Birodarlik” mahallalarida.
“Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.