Toshkentning uchta tumani hokimini DXX tekshiradi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkat Irgashev va Uchtepa tumani hokimi Farxod Abdullayev lavozimidan ozod etildi va hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini o‘rganish topshirildi.

Gap shundaki, bugun qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Unda vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun shunday qaror qabul qilingan.

"Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman", dedi davlat rahbari.

Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol ko‘rsatib qo‘ygani ta’kidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval ushbu yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ishdan olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing