Toshkentning 2 ta tumaniga bosh soliqchilar tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Uchtepa va Bektemir tumanlariga bosh soliqchilar tayinlandi. Bu haqda har ikkala tuman hokimligi Matbuot xizmatlari xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining joriy yil 10 maydagi buyrug‘iga asosan, G‘iyos Mirvasilovich Do‘stmuxamedov Uchtepa tuman DSI boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

U shu kunga qadar Toshkent shahar DSB ning Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Azizjon Eshquvvatov Bektemir tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

1984 yilda Ukraina Respublikasi Qrim viloyati Kerch shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan. 

2019 yilning 2 dekabridan hozirgi vaqtgacha Toshkent shahar Bektemir tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Uchtepa Bektemir

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing