Toshkentning 2 ta tumani gaz ta’minotidan uziladi

Jamiyat

image

Poytaxtning ikkita tumani ta’mirlash ishlari sabab bugun, 22 avgust kuni gaz ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Unga ko‘ra, Yashnobod timanining “Olmos” mahallasida soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatiladi. Natijada tumandagi 70 ta xonadon tarmoqdan uziladi.

Shuningdek, Toshkent shahar Bektemir tumanida ham 1940 ta yerli xonadon va 36 ta ulgurji iste’molchilarga gaz ta’minotini yetkazish 2 kunga – bugun soat 10:00 dan 24 avgust soat 18:00 ga qadar to‘xtatiladi.

Gazdan vaqtincha uziladigan mahallalar:
• “Iyk ota”;
• “Gulbog‘”.

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxtning Sergeli va Yashnobod tumanlaridagi ayrim mahallalar elektrdan uzilishi haqida avvalroq xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent Poytaxt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing