Toshkentning 19 ta metro bekatidagi kassalar yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining 19 ta metro bekatlaridagi kassalar yopiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jami 19 ta metro bekatlaridagi kassalar yopilishi rejalashtirilgan bo‘lib joriy yilning 1 fevral kunidan boshlab ketma-ketlikda o‘z faoliyatini to‘xtatadi hamda kassalar o‘rniga bir martalik QR-chipta beruvchi infokioskalar o‘rnatilishi belgilangan.

Shuningdek, Toshkent metropolitenida elektron to‘lov tizimlari bosqichma-bosqich kengaytirilib, hozirda yo‘lovchilar uchun:

• bank kartalari orqali to‘lov,

• transport kartalari orqali to‘lov,

• yuzni tanib olish (Face ID),

• kaft orqali to‘lov (Palm pay),

• mobil ilovalar orqali to‘lov

kabi 10 dan ortiq zamonaviy va qulay to‘lov usullaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud.

“Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga qulay, tezkor va zamonaviy xizmat ko‘rsatishni ustuvor vazifa deb biladi hamda bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing