Toshkentning 10 ta markaziy ko‘chasida pulli parkomatlar tashkil etiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida "Toshkent shahri markaziy ko‘chalarida pulli avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaror loyihasi e’lon qilindi

Qaror loyihaga ilova qilingan Toshkent shahar markaziy ko‘chalarida pulli avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

  • parkomat – shahar ko‘chalarida va yo‘llar bo‘ylab pulli avtomobil to‘xtash joylarida maxsus jixozlangan va yo‘l belgilar va yo‘l chiziqlari bilan belgilangan, avtomobil to‘xtash joyida muayyan vaqtga avtomobilni joylashtirish vaqtini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, pulli to‘xtash joyi hisoblagichi bo‘lgan mexanik, elektron yoki avtomatik moslama;
  • pulli avtomobil to‘xtash joyi nazoratchisi (keyingi o‘rinlarda – nazoratchi) – parkomatdan to‘g‘ri foydalanilishini hamda foydalanuvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilganligini nazorat qiluvchi shaxs;
  • pulli avtomobil to‘xtash joyidan foydalanuvchi (keyingi o‘rinlarda – foydalanuvchi) - parkomatdan foydalangan holda avtomobilni muayyan vaqtga joylashtirgan haydovchi;
  • avtomobil to‘xtash joyi taloni – foydalanuchining haq to‘lagan holda avtomobil to‘xtash joyida muayyan vaqtga avtomobilni joylashtirish uchun parkomatdan foydalanuvchilarga beriladigan belgilangan namunadagi kvitansiya (hujjat).
  • Parkomatlarni tashkil etish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 dekabrdagi 990-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom bilan belgilanadi.

To‘lov tizimi.

  • Hokimlik tomonidan tashkil etilgan parkomatlarda pulli avtomobil to‘xtash joyiga joylashtirish narxlari aholining zichlik darajasi va shahar ko‘chalarining qatnov qismlarini o‘tkazish qobiliyatini hisobga olgan holda hokimlik tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan narxlarni belgilash me’zonlari va tartibiga asosan belgilanadi;
  • Narxlarni belgilash me’zonlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
  • Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan parkomatlarda avtomobil to‘xtash joyiga joylashtirish narxi va eng kam hisob-kitob vaqti davlat-xususiy sheriklik shartnomasiga asosan belgilanadi;
  • Parkomatdan foydalanganlik uchun haq to‘lash avtomobil to‘xtash joylari talonlari va (yoki) shartnoma asosida naqd va naqd bo‘lmagan shaklda amalga oshiriladi;
  • Haq to‘lash uchun foydalanuvchi avtomatik elektron to‘lash texnik vositalaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi;
  • Foydalanuvchi parkomatlardan foydalanganlik uchun to‘lovni oldindan shartnoma asosida naqd va naqd bo‘lmagan shaklda elektron tizimlari yoki mobil ilovalar yordamida amalga oshirishi lozim. Bunda foydalanuvchi parkomat o‘rnatilgan joydan 10 daqiqa mobaynida bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi;
  • To‘lovni amalga oshirishda foydalanuvchi avtomobilning davlat raqami, avtomobil to‘xtash joyiga kelgan sanasi va vaqtini, to‘xtash joyi nomini (raqamini), avtomobilni qancha muddatga joylashtirishini ko‘rsatadi;
  • Foydalanuvchi parkomatdan foydalanishi uchun oldindan avtomatik ravishda avtomobil to‘xtash joyi talonini oladi;
  • Talonda avtomobilning davlat raqami, foydalanuvchi parkomatga kelgan sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Bu avtomobilni vaqtinchalik joylashtirish uchun foydalanuvchi va parkomatning egasi o‘rtasida tuzilgan ommaviy shartnoma hisoblanadi;
  • Foydalanuvchi avtomobilni saqlash uchun parkomatda to‘langan muddat o‘tgandan so‘ng avtomobilni olib chiqib ketishi yoki keyingi muddatga to‘lovni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirishi kerak bo‘ladi;
  • Foydalanuvchi avtomobil to‘xtash joyi talonini qo‘liga olgach, uni avtomobil asboblar panelida nazoratchi ko‘rishi uchun qulay joyga qo‘yishi shart bo‘ladi. Avtomobil to‘xtash joyi taloniga pulli avtomobil to‘xtash joyi uchun to‘langan vaqt haqida axborot (avtomobil to‘xtash joyi narxi – 1 soat, 1 soat 30 daqiqa va hokazo), talondan foydalanilgan sana va vaqt kiritilgan bo‘lishi kerak;
  • Parkomatlardan pulli foydalanish vaqti hokimlik tomonidan belgilanadi;
  • Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan parkomat ish rejimi hamda daromadlarning (foydaning) taqsimlanishi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda kelishilgan tartibda belgilanadi;
  • Parkomatlardan bepul foydalanish huquqi faqat I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar boshqarayotgan old va orqa oynalariga “7.17” yo‘l belgisi tasviri tushirilgan avtomobillarga hamda maxsus (Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, yong‘in xavfsizligi xizmati, tez tibbiy yordam) avtomobillarga ular bevosita avtomobil to‘xtash joyi hududida o‘z xizmatlarini o‘tayotgan vaqtda beriladi;

Parkomatlardan bepul foydalanish huquqi quyidagi hollarda nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga tatbiq etilmaydi:

  • nogironligini tasdiqlovchi hujjatlar (ularning ko‘chirma nusxalari) bo‘lmaganda;
  • avtomobilda 7.17 “Nogiron” yo‘l belgisi bo‘lmaganda;
  • avtomobil nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilmagan joyga qo‘yilganda.

Parkomatlarning ish soatlari haqidagi axborot 5.15 “to‘xtab turish joyi” axborot belgisi ostida joylashgan 7.5.4 - 7.5.7 “amal qilish vaqti” qo‘shimcha axborot belgisida (tablichkada) ko‘rsatiladi. Foydalanuvchi parkomatlardan foydalanganda avtomobillarni chizilgan chiziqqa qarab joylashtiradi.

Parkomatlar yoni axborot tablolari bilan jihozlanadi, ularga quyidagi ma’lumotlar joylashtiriladi:

  • ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lash tartibi, usullari va to‘lov miqdori;
  • parkomatdan foydalanish va avtomobil maxsus ajratilgan joyga vaqtincha qo‘yilganligi uchun to‘lov undirish huquqi berilgan xususiy sherikning to‘liq rasmiy nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
  • parkomatdan foydalanish qoidalari;
  • eng yaqin ichki ishlar bo‘linmasi manzili va telefon raqami;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi hududiy bo‘linma manzili va telefon raqami.

Foydalanuvchi:

  • yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari hamda ushbu Nizomga talablariga rioya etishga;
  • parkomatdan foydalanganlik uchun haq to‘lashga;
  • parkomat o‘rnatilgan joylariga transport vositalarini yo‘l belgilari, chiziqlar liniyalariga va nazoratchi ko‘rsatmalariga muvofiq joylashtirishga;
  • nogironligi bo‘lmagan xaydovchi nogironlar uchun ajratilgan joyga avtomobil qo‘ymaslikka;
  • talonni parkomat o‘rnatilgan joydan chiqib ketgunga qadar saqlashga majbur hisoblanadi.

Foydalanuvchiga quyidagilar taqiqlanadi:

  • parkomatlar o‘rnatilgan joylarda avtomobillar kirishi va chiqishini to‘sib qo‘yish;
  • boshqa foydalanuvchilarga parkomatlar o‘rnatilgan joylardan foydalanishda halaqit berish va cheklash;
  • parkomatlar o‘rnatilgan joylardan foydalanganlik uchun xizmatlarga haq to‘lamay avtomobil qoldirish;
  • parkomat o‘rnatilgan joy hududini iflos qilish;
  • parkomat o‘rnatilgan joy jihozlariga zarar yetkazish;
  • parkomat o‘rnatilgan joylardan foydalanishning belgilangan tartibini buzadigan harakatlarni sodir etish.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing