Toshkentning havosi eng iflos hududlari ma’lum qilindi
Foydali
−
10 yanvar
15918O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan 9:00-10:00 orasida Toshkent shahrining Yunusobod hamda Chilonzor tumanlarida havoning mayda chang zarralari (RM 2,5) bilan ifloslanishi ko‘rsatkichi “nosog‘lom” darajaga yetgan. Ushbu zarrachalar inson hayoti uchun xavflidir.
Markaz bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hududlardagi zararli zarrachalar ko‘rsatkichi quyidagicha:
• Yunusobod tumani “Bodomzor” yo‘lida – 56 mkg/m3;
• Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida –59 mkg/m3.
Shuningdek, soat 12:00 da olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentning eng havosi zararli hududlari reytingida ikkinchi o‘ringa Chilonzor tumanida joylashgan Bunyodkor dahasi ko‘rsatilgan. Ikkinchi o‘rinda esa Sergeli tumani Janubiy vokzal atrofidagi hudud turibdi. Ushbu ikki hududda ifloslanishning qizil darajasi qayd etilgan. Xalqlar do‘stligi maydoni esa 138 – sabzirang ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘ringa tushgan.
Bundan tashqari, hozirda Toshkent dunyoning eng iflos shaharlari reytingida avvalgidan biroz pastlab, 28 o‘rinni qayd etdi. Ammo havo sifati baribir sog‘liq uchun zararli ko‘rsatkichda qolmoqda.
Hozirda poytaxtdagi o‘rtacha ko‘rsatkich 134 ni tashkil etmoqda. Havo tarkibidagi RM 2,5 zararli zarrachalari miqdori esa me’yordan 9,8 barobarga ko‘p.