Toshkentni “shovqinlantirgan” uch kun
Biznes
−
10:35 272 2 daqiqa
Mazza Fest ikkinchi marta o‘tkazildi va bu safar tashkilotchilar uni yangi bosqichga olib chiqdilar. Mobiuz mobil aloqa operatori an’anaviy tarzda festival hamkori bo‘ldi.
11–13 sentyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston” bog‘i o‘ziga xos hayot tarzida yashadi. Har kuni soat 16:00 dan kechki soat 22:00 gacha musiqa, o‘nlab fud-kortlarda taomlar, fotozonalar, tanlov va o‘yinlar mehmonlarni xushnud qildi.
11 sentyabr kuni festivalning asosiy mehmonlari “Artik & Asti”, 12 sentyabrda “Fly Project”, 13 sentyabrda esa “Gradusi” guruhi bo‘ldi. Yana o‘nlab xonandalar va guruhlar, DJ’lar, ko‘zboylog‘ich shoulari hamda butun hudud bo‘ylab joylashgan fotozonalar va hamkorlar maydonchalari festivalga haqiqiy kuz bayrami ruhini bag‘ishladi.
(1).jpg)
(1).jpg)
Mobiuz brend-zonasi uch kun davomida faoliyat ko‘rsatdi. Odamlar kelib, o‘yinlarda qatnashib, sovg‘alar yutib, sahna yoki fud-kortlar tomon yo‘l olishdi.
(4).jpg)
(2).jpg)
MobiMusic zonasida musiqiy bilimdonlik sinovdan o‘tkazildi. Odamlar guruhlarga bo‘linib, bahslashib, musiqalarni to‘g‘ri topishga urinishdi. Ënidagi MobiCinema zonasida esa “Filmni top” o‘yini o‘tkazildi – bu yerda promokodlar va brend mahsulotlari o‘ynaldi. Mehmonlar kadrni eslab qolish va film nomini o‘z vaqtida aytib berish bo‘yicha bahslashdi.
.jpg)
Tadbirning yorqin lahzalarini aks etgan fotohisobotni e’tiboringizga havola etamiz: https://mobiuz-mazzafest.gallery.photo/gallery/mazza-mobiuz/
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi