Toshkentga olib ketilayotgan noma’lum 150 kg go‘sht to‘xtatib qolindi

3-sahifa

image

Bugun, 7 may kuni Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga veterenariya ma’lumotlarisiz 150 kilogrammga yaqin mol go‘shtini olib kirayotgan Cobalt avtomobili to‘xtatib qolindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, soat 03:40 larda Qashqadaryo viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin bo‘linmasi xodimlari va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Ko‘kdala tuman hududida joylashgan “Umakay” muntazam YPX maskanida Surxandaryo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan Cobalt avtomobili to‘xtatilgan. 

Denovlik fuqaro A.X. boshqaruvidagi mashina yukxonasi ko‘zdan kechirilganda, tegishli veterinariya ma’lumotnomalarisiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 150 kilogrammga yaqin yirik mol go‘shti borligi aniqlangan.

Mazkur go‘sht mahsulotlarining sifatini aniqlash maqsadida yuk Qashqadaryo viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza loborotoriyasiga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing