Toshkentga keltirilgan yangi avtobuslarning “motor”i muzlab qolayotgani aytildi

Jamiyat

image

Havo haroratining -20 dan ortiq darajaga keskin pasayishi oqibatida Toshkentga keltirilgan yangi avtobuslar dvigatel havo tizimi yaxlab qolmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ushbu holatni bartaraf etilishi yuzasidan avtobuslarga tezkor servis va joriy ta’mir xizmatlari ko‘rsatishni talab darajasida tashkil etish uchun zavod mutaxassislari bilan hamkorlikda avtobuslarning texnik ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilib, nosozliklar bartaraf etilishi ta’minlangan. 

Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, avtobuslarni o‘z vaqtida yo‘nalishlarga chiqarilishi bo‘yicha 30-35 daqiqa vaqt mobaynida kechikishlar sodir bo‘lgan. Bugun, 12 yanvar kuni soat 08:35 da barcha yo‘nalishlar bo‘yicha rejaga asosan avtobuslar chiqarilishi ta’minlandi. 

Bundan tashqari, sovuq ob-havo sharoitida yo‘llarda avtobus yo‘nalishlari harakati keskin sekinlashishini inobatga olgan holda, yo‘lovchilarning transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan MAN RR3 (sayyohlik) rusumli jami 20 ta avtobuslar ajratilib, 101-sonli “Darhon mahallasi – Buyuk Ipak yo‘li metrosi” va 110-sonli “FOOD CITY savdo majmuasi – TTZ ASHB” mavjud,  shuningdek “TTZ ASHB – TTZ bozori - Buyuk Ipak yo‘li metrosi” (Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi orqali),  “TTZ ASHB” – Chimyon bekati – Akademshahar - “Buyuk Ipak yo‘li metrosi” (M.Ulug‘bek ko‘chasi orqali),  “Akademshahar bekati (M. Ulug‘bek haykali) – Buyuk Ipak yo‘li metrosi - Mashinasozlar metrosi”,  “M.Ulug‘bek tuman IIBB - TTZ ASHB” (Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi orqali),  “Agrar Universiteti (Selxoz) – Buyuk Ipak yo‘li metrosi” (T.Malik, M.Ulug‘bek ko‘chalari orqali) avtobus yo‘nalishlariga chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Toshshahartransxizmat avtobus anomal sovuq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing