Toshkentga keltiriladigan yangi metro vagonlari namoyish etildi
Jamiyat
−
09 iyul 2019
6238Bundan bir necha oy avval, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Rossiyaning “Metrovagonmash” AJ o‘rtasida Toshkent shahridagi yer usti metropoliteni uchun harakatlanuvchi har biri 4 vagondan iborat 5 ta metro poyezdini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqida xabar bergan edik.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Rossiyadan yetkazib berilayotgan yangi vagonlarning suratini taqdim etdi.
Ayni paytda “Metrovagonmash” AJda mazkur beshta poyezddan dastlabki uchtasini tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, kuzov ishlari tugallangan, tortuvchi elektr uskunalari, pnevmatik uskunalari, videokuzatuv tizimini butlovchi qismlar bilan ta’minlash ishlari bajarilmoqda. Zamonaviy vagonlarni yetkazib berish yaqin kelajakda amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.
Poytaxt Toshkentning yer usti metropoliteni uchun vagonlar zavoddan o‘zgacha usulda bo‘yalgan holda chiqarilmoqda. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangga bo‘yalgan. Butun harakat tarkibi bo‘ylab gorizontal ravishda O‘zbekiston milliy bayrog‘inining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan. Har bir harakat tarkibining boshida – oq va oxirida qizil tusli yoritish chiroqlari bor. Poyezdning tom qismi havorang tusda, old qismi esa qora rangda bo‘yalgan. Shuningdek old qismida yo‘nalishni ko‘rsatuvchi elektron satri joylashgan bo‘lib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ramzi aks etgan.
81-765/766/767 seriyadagi metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qo‘llanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi. Yangi vagonlarning yana bir qator texnik imkoniyatlari va afzalliklariga quyidagilar kiradi:
– Vagonlar orasidagi germetik “garmoshka” ko‘rinishidagi o‘tish joylari yo‘lovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha o‘tish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sig‘imini oshiradi
– Yo‘lovchilar saloni har bir tomonda to‘rttadan bo‘lgan avtomatik va ikki qavatli eshiklar o‘rnatilgan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgani yo‘lovchilarni tasodifan qisilib qolishi oldi olingan?
– Salondagi haroratni o‘rnatilgan konditsioner, isitish va shamollatish tizimi ta’minlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qo‘llanilgan.
– Har bir vagon telekanallar translyatsiyasi imkoni bilan birga yo‘lovchilarga zamonaviy ma’lumot uzatish tizimi bilan ta’minlangan
– Sostav vagonlari videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar bor. Qolaversa, yong‘inni avtomatik payqash va o‘chirish tizimi ham mavjud
– Mashinist kabinasida yo‘llar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.
LiveBarchasi