Toshkentga kelgan bemorni viloyat CCB boshlig‘ining o‘zi olib ketadi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, ayni vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida kasalliklarni oldini olish va patronaj xizmati ko‘rsatish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish bo‘yicha videoselektor bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda vazirliklar rahbarlari, qo‘mitalar, viloyatlar hokimliklari sohaga mutasaddilar ishtirok etyapti. Bu haqda yig‘ilishda ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ Bosh muharriri xabar berdi. 

Unga ko‘ra, yig‘ilishda davlat rahbari bemorlarning Toshkentga qatnab ovora bo‘lishlariga e’tibor qaratdi.

“Yaqinda shunday tizim yaratamiz. Toshkentga kelgan bemorlarni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i kelib, qaytarib olib ketadi. Chunki, har bir viloyatda sharoitlar yaratyapmiz. Poytaxtdan mutaxassislar borib joylarda o‘qitishyapti. Endi bemorlarning ovora bo‘lishlariga chek qo‘yishimiz kerak. Sog‘liqni saqlash vaziri belgilab bergan holatlardan tashqari kasalliklarni Toshkentga kelmasdan viloyatlarning o‘zida davolashni amalga oshirishimiz zarur. Albatta, shoshilinch holatlar, murakkab operatsiyalar bundan mustasno”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident ushbu yig‘ilishda ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari bo‘yicha talab qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

439

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing