Toshkentga qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyot Afg‘onistonda halokatga uchradi
Olam
−
21 yanvar
41741Hindistondan Moskvaga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida, Xitoy, Tojikiston va Pokiston chegarasida halokatga uchradi. Ma’lum qilinishicha samolyot yoqilg‘i to‘ldirish uchun Toshkentga to‘xtab o‘tishi kerak bo‘lgan. Bu haqda “Padjvak” agentligi ma’lum qildi.
Kecha, 20 yanvar kuni kechqurun samolyot o‘zining dastlabki yo‘nalishidan og‘ib, viloyatning tog‘li hududlariga qulab tushgan.
Manbaga ko‘ra, Rossiya aviatsiya ma’muriyati charter samolyot bortida 6 kishi, (ikki yo‘lovchi va ekipajning to‘rt a’zosi) bo‘lganini ma’lum qilgan.
Samolyot Fransiyada ishlab chiqarilgan Dassault Falcon 10 Jet ekanligi e’lon qilindi.
Badaxshon viloyati madaniyat va axborot boshqarmasi direktori Zabihulloh Amiriy matbuot bayonotida Hindiston yo‘lovchi samolyoti Quron-Munjon va Zibak viloyatlari oralig‘ida joylashgan Toxaka tog‘larida qulaganini aytgan.
Uning qayd etishicha, hududga qidiruv-qutqaruv guruhi yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chilida samolyot qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi