Toshkentga Germaniyadan qoradori olib kelgan kurer qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida qo‘shni davlatdan kelgan giyohvand moddalar yetkazib beruvchi kurer qariyb 1 kg narkotik vositani topshirish vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Toshkentning Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan. Qo‘shni davlatning 24 yoshli fuqarosi Germaniyadan jami 1 kg giyohvand moddani kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kirish uchun kelgan. Huquq-tartibot organlari kurerni kuzatib borib, mahsulotni topshirish chog‘ida uni qo‘lga olgan.

U Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (Kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bo‘yicha aybli deb topildi. Erkak 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 30 g “sintetik” hamda 55 g “geroin” giyohvandlik vositalarini internet orqali tarqatmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Toshkent qoradori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing