Toshkentdan Ostonaga ko‘tarilgan samolyot 45 daqiqa o‘tib ortga qaytdi
Jamiyat
−
19 iyun
25700Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridan Qozog‘istonning Ostona shahriga parvozni amalga oshirayotgan samolyot 45 daqiqa o‘tar-o‘tmas ortga qaytgani haqida xabarlar tarqaldi.
Unga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportidan bugun, 19 iyun kuni Toshkent-Ostona yo‘nalishi bo‘ylab uchishi kerak bo‘lgan HY-721 yo‘lovchi reysi germetik buzilish sabab, ya’ni samolyot yuk bo‘limi eshiklarining yopilmay qolgani ortidan parvozni tugatmay, Toshkentga qaytishga majbur bo‘lgan.
Flightradar ma’lumotlariga ko‘ra, A320 rusumli samolyotning parvozi 2 soat, 13:45 dan 15:45 gacha davom etishi kerak bo‘lgan, ammo samolyot eshiklar yopilmay qolgani tufayli Toshkent shahriga qaytishga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyun kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Toshkent – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha soat 7:40 da yo‘lga chiqishi kerak bo‘lgan samolyoti ham eshigi yopilmay qolgani uchun 5 soat kechikib uchgan edi.
LiveBarchasi