Toshkentdan Nyu-Yorkka parvozi chog‘ida yo‘lovchi to‘polon qildi

Jamiyat

image

Havo transporti dunyoning nisbatan yosh va ommabop transport vositalaridan biri hisoblanadi. Uzog‘ini yaqin qilayotgan yo‘lovchilirning poyezdu mashinalarda to‘polon qilishi, o‘zaro janjalashishi haqida eshitganmiz va ba’zida ko‘rganmiz. Biroq osmonda parvoz qilayotgan samolyotda to‘palon ko‘tarish borasida bir narsa deyish qiyin. 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining xabar berishicha, Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi qatnovi bilan parvoz qilgan yo‘lovchi samolyot bortida to‘polon qildi. 

Voqea bugun, 21 oktyabr kuni Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz amalga oshirgan HY102 qatnovini poytaxt aeroportida transportdagi tarmoq ichki ishlar bo‘limi xodimlar kutib olgan.

Mast holda bo‘lgan 51 yoshli erkak samolyot bortida to‘polon ko‘tarib, o‘z joyini egallash haqidagi tanbehlarga e’tibor bermasdan, uni tinchlantirmoqchi bo‘lgan bortkuzatuvchilarni va atrofda o‘tirgan yo‘lovchilarni haqorat qilgan.

U o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan parvoz xavfsizligini, shu bilan birga barcha yo‘lovchilar va ekipajning hayotini xavf ostiga qo‘ygan. 

"Qatnov yo‘lovchilari ekipajga yordam ko‘rsatdilar va qoidabuzarni o‘rindiqqa bog‘lab qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Toshkent shahriga yetib kelgandan so‘ng aviato‘polonchi transportdagi tarmoq ichki ishlar bo‘limi xodimlariga topshirildi", deyiladi xabarda.

Uzbekistan Airways yo‘lovchilardan "Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari" bilan yana bir bor tanishib chiqishni va ularga rioya qilishni so‘ragan.

"Qatnov yo‘lovchilaridan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, ekipajga ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildiramiz",deya yakunlangan ma’lumot.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent N'yu York samolyotida to'polon

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar