Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Toshkentdan Manchesterga qaytgan Husanovning “Siti”dagi o‘yini qanday o‘tdi?

Sport

image

30 mart kuni Angliya kubogi chorak finali doirasida “Manchester Siti” safarda “Bornmut” bilan bahs olib bordi. 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston terma jamoasida qiyin o‘yinlarda qatnashib, ayniqsa 20 mart kuni Toshkentda o‘tgan Qirg‘iziston bilan o‘yin oldi va o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p ko‘rinish berib, muhokamalar markazida bo‘lgan, Eron bilan o‘yindan keyin Tehron-Vena-Manchester yo‘nalishida Angliyaga qaytgan Husanovning “shaharliklar” safidagi “Bornmut”ga qarshi o‘yini ko‘ngildagidek o‘tmadi.

O‘yinning 1-taymida Husanov va jamoadoshlarining omadi kelmadi. Erling Xoland 14-daqiqada “Bornmut” darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olmadi va bundan ruhlangan mezbonlar 21-daqiqada Ederson darvozasini ishg‘ol qildi. 

37-daqiqada hakam tomonidan Abduqodir Husanov qoidabuzarlik amalga oshirdi, deb topildi va sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Sariq kartochka effektida Husanov 2-taym boshida zaxiraga olindi va uning o‘rniga maydonga tushgan 20 yoshli Niko O'Rayli o‘yin tizginini mehmonlar foydasiga o‘zgartirib yubordi. Aynan O'Raylining 2 ta uzatmasi evaziga “Siti” hujumchilari Erling Xoland va Omar Marmush mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Yakunda “Siti” 1 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonib, musobaqaning yarim finaliga oldi.

Doimgidek o‘yindan keyin mashhur portallardan, “SofaScore” uchrashuvda qatnashgan futbolchilarning xatti-harakatlari va ular bilan bog‘liq epizodlarga tayanib, futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi.

E’tiborlisi, uchrashuvda bir taym o‘ynagan va sariq kartochka bilan ogohlantirilgan Husanov bahsda “Siti” safida eng past ko‘rsatkich qayd etgan himoyachi bo‘ldi, 21 yoshli Husanovning ko‘rsatgan o‘yini 6,5 ballga loyiq ko‘rildi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” keyingi o‘yinini Angliya chempionati doirasida “Lester”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 2 aprel kuni “Etihad”da, Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing