Toshkentdan Madinaga uchayotgan samolyot ortga qaytdi
O‘zbekiston
−
27 Oktyabr 2023 55529 1 daqiqa
Toshkent – Madina yo‘nalishida uchayotgan samolyot texnik sabablarga ko‘ra iziga qaytdi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent – Madina yo‘nalishi bo‘yicha UZP-361 reysini amalga oshirayotgan samolyot parvozdan ikki soat o‘tib Toshkent aeroportiga qaytib kelgan.
“Mahalliy vaqt bilan soat 13:37 da bortida 377 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Texnik sabablarga ko‘ra uchish aeroportiga qaytish haqidagi qaror ekipaj tomonidan qabul qilingan”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr