Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyotda qirg‘izistonlik ayolning ko‘zi yoridi
Jamiyat
−
27 aprel 2023
8693“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Toshkent-Istanbul reysi bo‘yicha uchgan samolyotda qirg‘izistonlik ayolning ko‘zi yoridi. U ekipaj a’zolari yordami bilan o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Ensonhaber” xabar berdi.
Toshkent-Istanbul reysini amalga oshirgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga tegishli samolyot Turkiya havo hududiga kirgach, Qirg‘iziston fuqarosi Sitora Abdumannopovaning tug‘ruq og‘riqlari kuchaygan.
27 yoshli homilador ayol samolyotda mos joyga o‘tkazilib, tug‘ruqqa tayyorgarlik boshlangan. Samolyot kapitani yo‘lovchilar orasida shifokor bor-yo‘qligini bilish maqsadida e’lon qilgan. Tug‘ilish jarayonida kabina ekipaji yordam bergan. 28 haftada tug‘ilgan chaqaloq o‘g‘il bola ekani ma’lum qilingan.
Buning ortidan samolyot kapitan uchuvchisi Istanbul aeroporti havo harakatini boshqarish minorasi bilan bog‘lanib, samolyotda tug‘ilish o‘tkazilishini va tibbiy guruhlarning tayyor turishini so‘ragan.
O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK samolyoti soat 20:15 da Istanbul aeroportiga qo‘ndi. 28 haftalik chaqaloq va ona tez yordam mashinasida shifoxonaga olib kelinganida ularning ahvoli yaxshi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi