Toshkentdan Dubayga uchgan samolyot favqulodda Eronga qo‘ndi

Jamiyat

−

image

Bugun, 27 oktyabr kuni Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchgan samolyot avariyaviy vaziyat sabab favqulodda Eronga qo‘ndi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” Telegram kanali xabar berdi.

Aviakompaniyaning FZ-1942 yo‘lovchi reysini amalga oshirayotgan Boeing 737-8KN samolyoti Eron hududidan uchib o‘tayotganida 36 000 fut balandlikda operator bortda avariya holati yuzaga kelganini anglatuvchi squawk 7700 signalini bergan.

Ekipaj belgilangan manzilga yaqin aeroport – Eronning Sheroz shahridagi xalqaro aeroportga qo‘nishga qaror qilgan va samolyot soat 07:36 da muvafaqqiyatli qo‘ndirilgan.

Aviakompaniya vakilining QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, favqulodda qo‘nishga avariya emas, yo‘lovchilardan birining tobi qochgani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1088

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing