Toshkentdan Andijonga borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi

Jamiyat

image

“Toshkent – Andijon” tezyurar magistrali foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Bu haqda bugun, 3 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan yirik transport infratuzilmasi loyihalari bo‘yicha hisobotda so‘z boradi.

Qayd etilishicha, aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojidan kelib chiqib, transport tarmog‘i izchil rivojlantirib borilmoqda. Davlat rahbarining 2023 yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, yo‘l xo‘jaligi sohasi takomillashtirildi, yo‘l qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish ko‘lami oshdi.

Mazkur qarorda zamonaviy avtomobil yo‘llarini tashkil etish istiqbollari ham belgilangandi. Jumladan, o‘tgan vaqtda Jahon banki ishtirokida “Toshkent – Andijon” muqobil yo‘li loyihalashtirilgan. Umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lgan bu tezyurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Shuningdek, bu yalpi ichki mahsulotni 2,6 foizga oshirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytirishi mumkin.

Yaqinda ushbu loyiha bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilingan. Qisqa vaqtda unga ko‘plab nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirgan. Yig‘ilishda mazkur loyiha bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan. Transport vazirligiga yuklamasi ko‘p boshqa yo‘llarda ham muqobil magistrallar qurish, yo‘llarda qulaylik va xavfsizlikni kuchaytirish, turli pullik xizmatlarni tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

“Davlatimiz rahbariga Birlashgan Arab Amirliklarining “AD Ports Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida “quruq port” tashkil qilish loyihasi to‘g‘risida ham axborot berildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari, “Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l qurish loyihalari amalga oshirilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Toshkent – Andijon” tezyurar magistral

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar