Toshkentdagi zavodda kuchli portlash yuz berdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi sexda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 14 iyun kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Astrobod ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi (angar)da portlash sodir bo‘lgan. Havo-gaz aralashmasining chaqnashi bunga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

“Zudlik bilan voqea joyiga FVV rahbariyati boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, “Hududgaz” va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda”, deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 6 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent portlash zavod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing