Toshkentdagi “zapravka”da Labo yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 3 aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Labo rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Voqea soat 19:50 larda Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. U yerda haydovchi 1999 yilda tug‘ilgan T.N.ga tegishli Labo rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan. 

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni soat 14:35 lar atrofida Andijon shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan supermarket avtoturargohida to‘xtab turgan Gentra avtomashinasi yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod zapravka Labo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing