Toshkentdagi YTHda 10 yashar bola qurbon bo‘ldi
Jamiyat
−
08 avgust 2019
5635Bugun, 8 avgust kuni poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida mudhish YTH qayd etildi. YTH oqibatida 10 yashar bola hayotdan ko‘z yumdi.
YTH soat 07:30 atrofida Bog‘i shamol va Yangi shahar ko‘chalari chorrahasida uchta avtomobil hodisasi sodir bo‘ldi.
Hyundai rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli Shoxruh T. svetoforning taqiqlovchi signaliga o‘tib ketib, 29 yoshli Botir S. Boshqaruvida bo‘lgan Cobalt va 24 yoshli Murodjon S. boshqarib borgan Spark avtomobillari bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida quyidagi fuqarolarga tan shikastlari yetgan: Cobalt`dagi yo‘lovchilar – 40 yoshli Shukurullo A. va 32 yoshli Mahliyo K., shuningdek Hyundai yo‘lovchisi 10 yoshli I.Sh. YTHdan jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildilar.
Ammo shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan, 10 yoshli I.Sh. hayotdan ko‘z yumgan.
LiveBarchasi