Toshkentdagi yirik bozorlar ko‘p qavatli qilib qayta quriladi
Jamiyat
−
03 aprel 2024 10007 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yirik bozorlarni ko‘p qavatli qilib qayta qurishni taklif etdi. Bu haqda u Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘z ochdi.
Sessiyada Prezident yer o‘ta cheklangan sharoitda bor infratuzilmani vertikal o‘stirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan.
Jumladan, yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish, Yunusobod kichik sanoat zonasidagi binolarni 3-4 qavat qilib qayta qurish hisobiga qo‘shimcha maydonlarni hosil qilish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Vazirlar Mahkamasiga unumli foydalanilmayotgan davlat ob’ektlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning o‘rnida sanoat va xizmatlarda yuqori daromadli ish o‘rni yaratadigan loyihalarni joylashtirish dasturini tasdiqlash topshirilgan.
Avvalroq, Mirziyoyev Toshkent shahrining Amir Temur shohko‘chasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qilish va savdo ob’ektlari, ofis va yerosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga berishni taklif etgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28