Toshkentdagi yog‘ sexi yonmoqda (video)

3-sahifa

image

Olmazor tumani Qizg‘aldoq ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot

Bugun, 17 sentyabr kuni Toshkentning Olmazor tumani Qizg‘aldoq ko‘chasida joylashgan moy ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi. Hodisa haqida soat 18:07 da shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:17 da voqea joyiga yetib borgan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hududdagi 3 ta rezurvarda moy maxsuloti yongan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Yong‘in joyiga O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

397

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing