Toshkentdagi yana bir yo‘l vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
24 iyun 4284 1 daqiqa
Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ertaga, 25 iyun soat 00:00 dan Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Yo‘lning yopiladigan qismi: Temur Malik-Parkent-Mahtumquli ko‘chalari aylanma harakatidan , TXAY-Ohangaron shoh ko‘chalari aylanma harakatigacha bo‘lgan qismi.

Ishlarni bajarish muddati joriy yilning 25 iyun soat 24:00 dan 1 iyul kuniga qadar davom etadi.
“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanib, Bektemir shoh ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Mahtumquli ko‘chasi, va Yangi O‘zbekiston ko‘chalaridan harakatlanishlari tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi